
Denis Istomin bugun yoshligini eslaydi
Denis 2008 yildan buyon ilk marotaba "Katta dubulg‘a" turniri saralashidan o‘z ishtirokini boshlaydi. Bungacha u so‘nggi marotaba aynan o‘sha yili "US Open" saralashida o‘ynagandi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin "Katta dubulg‘a" turkumidagi "Rolan Garros" turnirining saralash bosqichida germaniyalik Dastin Braunga qarshi kortga chiqadi.
Istomin 2009 yilning yanvar oyidan boshlab (Avstraliya ochiq chempionati) ushbu tasnifdagi musobaqalarda faqat asosiy davradan ishtirok etib keldi.
Fikrlar