
Denis Istomin 1/16 finalda o‘z yurishini to‘xtatdi
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi Denis Istomin Qozog‘iston kortlarida o‘tkazilayotgan turnirda ishtirok etdi.
"Challenger Almaty" musobaqasining 16-tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi 1/16 final bosqichida italiyalik Rikkardo Bonadioga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan o‘yin raqib tomonning 6:3, 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz xuddi shu turnirning juftlik bahslarida mezbonlar vakili Denis Evseev bilan tandem hosil qilgan.
Fikrlar