Den Xuker: “Hech kim Arman Tsarukyan bilan jang qilishni xohlamaydi”

  • 11 oktabr, 18:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yangi zelandiyalik Den Xuker bo‘lajak raqibi Arman Tsarukyan haqida fikrlarini ochiqchasiga bildirib o‘tdi. 

Tecno

“Hech kim Arman bilan jang qilishni xohlamaydi. Chunki u diviziondagi eng qiyin raqiblardan biri. Lekin men oson yo‘lni izlamayman. Hammasini o‘z uslubim bilan hal qilaman. Tsarukyanning otasi murabbiylariga tayyorgarlik uchun 100 ming dollar sarflaydi. Men esa uyimdan besh daqiqalik masofadagi zalga boraman va o‘z jamoa sheriklarim bilan mashg‘ulot o‘tkazaman”, — dedi Den "The Ariel Helvani Show" dagi intervyusida.

Xuker o‘ziga xos munosabati va keskin fikrlarini ochiq aytishi muxlislar hamda ekspertlar o‘rtasida munozaraga sabab bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!