
Den Xuker: "Arman Tsarukyanning jangdan voz kechishi juda g‘alati tuyuldi"
Yangi zelandiyalik UFC jangchisi Den Xuker belidan olgan jarohati tufayli Islom Maxachevga qarshi jangni tark etgan Arman Tsarukyan haqida gapirdi.
“Ha, men bu sport bilan anchadan beri shug‘ullanaman va bu erda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biroq jangdan bir kun oldin qanday qilib bunday jarohat olish mumkinligini tushunmayapman. Faoliyatidagi eng muhim jang oldidan jarohat olish juda yomon. Dana Uayt Arman keyingi jangida chempionlik uchun oktagonga ko‘tarilmasligini ochiq aytdi. Endi Tsarukyan uchun raqib topish ham qiyin bo‘ladi" - dedi Xuker "Submission Raio" You Tube kanaliga bergan iintervyusida.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik Renato Moykano "UFC 311" turnirida Tsarukyan o‘rniga oktagonga chiqdi va birinchi raunddayoq Islom Maxachevdan sabmishn evaziga engildi.
Fikrlar