Dembele bu ishni bittada uddalagan yagona futbolchi

  • 23 sentabr, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usmon Dembele birinchi urinishdayoq “Oltin to‘p” egasiga aylangan XXI asrdagi ilk futbolchisi sifatida nomini tarixga yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Oxirgi 30 yilda futbol olamidagi eng nufuzli individual sovringa nomzodi birinchi bor qo‘yilgan o‘yinchi g‘olib chiqqan holat umuman kuzatilmagan edi.

Stats du Foot nashrining yozishicha, bunday holat oxirgi marotaba 1995 yili qayd etilgan. O‘shanda “Oltin to‘p” sovrini “Pari Sen-Jermen”, “Milan”, “Chelsi” kabi qator klublarda o‘ynagan liberiyalik Jorj Veaga topshirilgandi.

“Oltin to‘p”ga nomzodi qo‘yilgan Usmon Dembele o‘tgan mavsum PSJ tarkibida Frantsiya chempioni, mamlakat kubogi va superkubogi sohibi, Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!