
De Yong va Van Deyk Niderlandiya safini jarohat sababli erta tark etdi
Frenki de Yong va Virjil van Deyk Niderlandiya terma jamoasi tarkibidan chiqib ketishdi.
"Barselona" yarim himoyachisi va "Liverpul" himoyachisi Millatlar ligasi guruh bosqichining Bosniya va Gertsegovinaga qarshi yakuniy o‘yinida ishtirok etishmaydi. Bu haqda "Voetbal International" nashri xabar berdi.
"Frenki va Van Deyk uchun jamoa tarkibini hoziroq tark etish ma’qulroq bo‘ladi. Qaror tibbiy ko‘rsatmalarga asosan va futbolchilarning manfaatlar uchun qabul qilindi, - dedi Niderlandiya terma jamoasining bosh murabbiyi Ronald Kuman.
Ma’lumot o‘rnida, yakuniy tur oldidan Niderlandiya 5 ta o‘yinda 8 ochko to‘plab, guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa turnirning pley-off bosqichi yo‘llanmasini muddatdan avval qo‘lga kiritdi.
Fikrlar