De Xea yana bir Italiya klubi bilan muzokaralar olib bormoqda

  • 8 avgust, 2024, 21:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda erkin agent bo‘lib turgan David de Xea avvalroq "Jenoa" bilan muzokaralarga kirishngani va kelishuv amalga oshmagani haqida xabarlar tarqalgandi. Endilikda u boshqa bir Italiya klubiga o‘tishi mumkin. 

Tecno

Insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, ispaniyalik darvozabonga "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazishyapti. 

De Xea bir yildan ortiqroq vaqt davomida klubsiz bo‘lib qolmoqda. U 2023 yilningn yozida "Manchester Yunayted" bilan xayrlashib, erkin agentga aylandi. Shundan keyin u bilan "Latsio", "Jenoa" va bir nechta Ispaniya klublari bitim imzolashga harakat qilib ko‘rdi.

Mish-Mishlarga ko‘ra, David o‘ziga yangi jamoa topa olmasa, futbolchilik faoliyatini yakunlashi ham mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!