De Xea ketsa, MYu uning o‘rniga yangi darvozabon sotib olmaydi

  • 23 may, 2019, 18:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi agar darvozabon David De Xea jamoadan ketsa, uning o‘rniga yangi darvozabon sotib olmaydi.

Tecno

Daily Mail nashrining xabar berishicha ispaniyalik darvozabonning o‘rnini jamoaning zaxira posboni Serxio Romero egallaydi.

MYu rahbariyati De Xea o‘rniga Andre Onana («Ayaks»), Yasper Silessen («Barselona») va Jordan Pikford («Everton») kabi nomzodlarni ko‘rib chiqayotgan edi, ammo, mankuanliklar ustozi Ole-Gunnar Sulsher mavjud imkoniyatlarda foydalanishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, De Xeaning MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy yozda o‘z nihoyasiga etadi. Hozircha tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirish borasida murosaga kela olishmayapti. Biroq, uning amaldagi imzolagan shartnomasida kelishuvni yana bir yilga uzaytirish borasida band kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!