
De Rossi: Mening yuragim "Roma"da, lekin...
Italiyalik yarim himoyachi Daniele de Rossi "Boka Xuniors" bilan shartnoma imzolagach o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Mening yuragim “Roma”da, lekin “Boka” ham menga juda yoqadi. Men bu jamoani bolaligimdan kuzataman. Bu erda Maradona o‘ynagan. “Boka”ga italiyaliklar asos solishgan. Shuning uchun o‘zimni xuddi uydagidek his qilyapman”, - deydi de Rossi.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli de Rossi 2002-2019 yillarda “Roma”da to‘p surgan. Ushbu davr mobaynida rimliklar safida 616ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 63ta gol hamda 54ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar