De la Fuente Yamal haqida gapirdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" vingeri Lamin Yamalning terma jamoaga qaytishi haqida gapirdi.
"To‘g‘risini aytsam, men hayratdaman. Yamal jarohatdan tez tuzaldi va jamoasining o‘yinlarida borini berib xarakat qilmoqda. Uning o‘yinlari juda yorqin va istalgan raqib uchun bosh og‘riqqa aylana oladi. Uning jarohati biroz jiddiy deb o‘ylagandim, ammo u tez tiklandi. Ilgari bunday holatga duch kelmagandim. Ochig‘ini aytganda, buni odatiy holat deb hisoblamayman", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi bo‘lajak FIFA kunlarida 15 noyabr kuni Gruziya va 19 noyabr kuni Turkiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.



Fikrlar