De Bryuyne va yana 8 nafar yulduz Afrika terma jamoalarida o‘ynashi mumkin edi...

  • 17 yanvar, 2024, 20:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning bir necha mashhur futbolchilari otasi yoki onasi tomonidan Afrikaga bog‘liqlik joyi bor ekani aniqlandi. Xususan, “Manchester Siti”ning belgiyalik legioneri Kevin De Bryuyne Afrika Millatlar ligasining saralash turnirida Burundi milliy terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoni ega edi.

Tecno

Chunki Kevinning onasi aynan mana shu mamlakatda tug‘ilgan.

ESPN ekspertlari kelib chiqishi Afrikaga borib taqaladigan va qaysi mamlakat terma jamoasida o‘ynash imkoni bo‘lgan yulduzlar ro‘yxatini tuzdi.

Kodi Gakpo (otasi tomonidan Gana terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi).

Ross Barkli (otasi tomonidan Nigeriya terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi).

Vilyam Saliba (onasi tomonidan Kamerun terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi).

Serj Gnabri (otasi tomonidan Kot-d'Ivuar terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi).

Bukayo Saka (ota-onasi tomonidan Nigeriya terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi).

Karim Benzema (ota-onasi tomonidan Jazoir terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi).

Leroy Sane (otasi tomonidan Senegal terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!