De Bryuyne “Siti” taklifini qabul qilmadi

  • 4 yanvar, 2021, 19:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati jamoa pleymeykeri Kevin De Bryuyne bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, belgiyalik yarim himoyachi klubning dastlabki taklifini qabul qilmagan. Kevin bitimning moliyaviy tomonlarini boshqatdan ko‘rib chiqish lozimligini bildirgan. Endi “Siti” mutasaddilari futbolchini qoniqtiradigan maosh ko‘rsatilgan yangi kelishuv ustida ish olib boradi.

De Bryuynening amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Bu jamoa tarkibida 2015 yildan beri to‘p surayotgan futbolchi avval “Genk”, “Chelsi”, “Verder” va “Volfsburg” sharafini himoya qilgan. Ayni paytda Kevinni olish orzusida bo‘lgan grandlar safi ancha keng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!