Davron Fayzievning "Qo‘qon-1912"dagi taqdiri hal bo‘ldi!

  • 2 yanvar, 2023, 08:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin Superligani tark etgan “Qo‘qon-1912” klubida o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. Kecha klub prezidenti sifatida ishlagan Grigoriy Ayrapetovning ketgani e’lon qilindi. Tez orada jamoaga yangi prezident tayinlanadi.

Tecno

Bundan tashqari, bosh murabbiy masalasi ham muxlislarni qiziqtirmoqda. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, pro ligada ham jamoani Davron Fayziev boshqarishda davom etadi. “Qo‘qon-1912” tez orada yangi mavsum uchun tayyorgarligini boshlaydi.

Hozirga qadar jamoani Ivan Yosovich, Slavko Lukich, Oybek Rustamov, Shoxnazar Norbekov va Quvondiq Ro‘ziev rasman tark etishgan. Qolaversa, Bilolxon Toshmirzaevning ijara muddati tugagani sababli “Turon” klubiga qaytib ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!