
Davron Fayziev Turkiyaga qarshi o‘yindan nimalar kutayotgani, taxminiy tarkib, Igor Sergeevga imkoniyat va o‘zgarishlar haqida
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyada mezbonlar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mazkur o‘yin oldidan “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida taniqli sharhlovchi Davron Fayziev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini biz uchun yaxshi. Kuchli, nomdor jamoa. Boz ustiga mehmonda to‘p tepamiz. O‘zimizda o‘ynasak ham yomon bo‘lmasdi. Turkiyaga qarshi ikkala variant ham yaxshi. Evropaning boshqa jamoalari bilan o‘ynagandan ko‘ra nisbatadan Osiyoga yaqin bo‘lgan Turkiya bilan bahs olib borgan yaxshi.
Qanday tarkib bilan o‘ynaymiz? Bu qiziq. Bilishmcha, Ikrom Aliboev va Dostonbek Tursunov bellashuvda ishtirok etmaydi. Turklar ham qanaqa tarkibni maydonga tushirar ekin? Rasmiy o‘yin darajasidagi keskinlik bo‘lmasa kerak. Katta ehtimol bilan engilroq uchrashuv o‘tkazilsa kerak. FIFA kunlarida birinchisida sal engilroq, keyin kuchliroq o‘ynaladi.
Men uchun qiziq tomoni Kuper yangi variantlar qo‘llaydimi? Uning o‘zi ham tushundiki, bazi chiziqlarda o‘zgarishlar qilish lozim. Har qanaqasiga darvozabon pozitsiyasida o‘zgarish bo‘ladi. Chunki Ignatiy Nesterov diskvalifikatsiya muddatini o‘tayapti. Hozir endi qiziq variantlar paydo bo‘ldi Kuperda. Bir tomondan muntazam o‘ynab turgan, lekin gollar o‘tkazib yuborayotgan Sanjar Quvvatov, boshqa tomondan o‘yin amaliyoti deyarli yo‘q, biroq tajribasi bo‘yicha qolganlardan ustun hisoblangan Eldor Suyunov, optimal variant Javohir Ilyosov va katta ehtimol bilan zaxira vazifasini bajaradigan Botirali Ergashev. Shu kecha kunduzda Ilyosov favorit. Agar Suyunov eng zo‘r formada bo‘lganida, bu erda o‘ylashga hojat qolmasdi. Shuning uchun Javohir Ilyosov Turkiyaga qarshi bahsda maydonga tushsa kerak.
Qolgan chiziqlarda Anzur Ismoilov o‘zgarmasa kerak. Egor Krimets ham o‘ynasa kerak. o‘zimga qo‘yib bersa Islom To‘xtaxo‘jaevga ishonch bildirar edim. Biroq Ektor Kuperga Evropa standartlariga mos keladigan, bo‘yi baland bo‘lgan, jismonan baquvvatroq Egor varianti ko‘proq yoqsa kerak. hojiakbar Alijonov bu o‘sha Kuper bazi o‘zgarishlarni qilishi kerak degan gapimizni tasdig‘i. Nazarimda u asosiy tarkibda o‘ynasa kerak. chap qanot himoyasida Farruh Sayfiev harakat qilish ehtimoli bor.
Davron Fayziev EChL finali, imkoniyatlar, Madridga bora olmagani va boshqalar haqida
Eng taxmin qilish qiyin bo‘lgan pozitsiya bu yarim himoya. Har doimgidek bu erda tanlash imkoniyati yuqori. Jaloliddin Masharipov almashtirib bo‘lmas darajaga etdi. Qolganini taxmin qila olmayman, ochig‘i. Odiljon Hamrobekov hamda Odil Ahmedov tayanch hududda. Hujumda esa “number one” deydiku, huddi shunday Eldor Shomurodov. Agar rotattsiya bo‘lmasa agar ayni paytda Shomurodov yurtimizdagi eng zo‘r hujumchi.
Hayolimga bir narsa keldi. Shu o‘yinda Igor Sergeevni maydonga tushirsachi? Ya’ni bizda o‘ynashga berishmaydi. “Milliy” stadionimizda muxlislar uni ezib tashlashadi. Shunga tinchgina mehmonda o‘ynab qo‘ygani yaxshi. Bitta taym Sergeevni o‘ynatgan bo‘lardim. Birinchi bo‘limda Shomurodov, tanaffusdan so‘ng Igor. Bu yaxshi bo‘lardi. Toshkentda o‘tadigan uchrashuvlarda muxlislar yoqimtoyi Temurxo‘ja Abduxoliqov tushsa unga hech qanaqa bosim bo‘lmaydi.
Humoyun Murtazoev? O‘zi Kuper ko‘p hujumchi qo‘llamaydi. Maksimal 3 ta forvard. Martazoevni kimni o‘rniga chaqiradi? Menimcha, bu yakuniy ro‘yxat emas. Saralash bahslariga ancha vaqt bor. Keyingi yig‘inlar uchun harakat qilsa bo‘ladi. Menimcha bu unchalik fojea jmas. Murtazoev endi o‘yinini topti.
Uchrashuvda yirik hisobda yutqazmasak kerak. minimal hisobda imkoniyatni boy berishimiz mumkin, - dedi Fayziev.
Fikrlar