Davron Fayziev MYuga kelayotgan murabbiy kimligi va nima uchun "Manchester Yunayted"ga kerakligi borasida fikr bildirdi

  • 26 noyabr, 2021, 13:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted"ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi. "The Atletic" nashrining xabariga ko‘ra, "qizil ibilslar" Moskvaning "Lokomotiv" klubida sport ishlari rahbari sifatida ishlab kelayotgan Ralf Rangnik bilan kelishuvga erishdi.

Manbaning ma’lum qilishcha, Ralf mavsum so‘nggiga qadar mankunianliklar bilan shartnoma imzolaydi. Keyinalik u klub tizimiga o‘tkazilishi mumkin.

Muvaffaqiyatsiz natijalardan so‘ng Ole-Gunnar Sulsher MYu bilan xayrlashgan edi. Ayni damda uning o‘rnida vaqtincha Maykl Karrik ishlab kelmoqda.

Ralf Rangnik qanday murabbiyligi va nega aynan u MYuga kerakligi borasida taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida fikrlarini bildirdi.

- "Manchester Yunayted"ga Zidan, Pochettino kabi yorqin nomlar kelishi kutilgandi. Natijada Moskvaning "Lokomotiv" klubida sport ishlari rahbari taklif etilmoqda. U ham mavsum oxirigacha. MYuning birinchi taklifini Ralf rad etgan, keyingi taklifda klub yaxshiroq sharoitlar taqdim etgan va rozilik olgan. Nega u?

Bugun siz Evropa kuchli chempionatlarida porlayotgan bir qancha germaniyalik mutaxassislarni ko‘ryapsiz. Klopp, Tuxel, Nagelsman. Ularning uslubi farq qilishi mumkin, lekin bitta jihati o‘xshash. “Gegenpressing” uslubidagi bosim. Ana shuni Ralf Rangnik kashf qilgan. U Evropada juda qadrlanadigan va jamoalarda ko‘p tizim ishlarini yo‘lga qo‘ya oladigan mutaxassis. Bir so‘z bilan aytganda - miya.

Faqatgina "Lokomotiv"dagi faoliyati mavhum. Klubdagilarning hammasi ham germaniyalikni to‘g‘ri tayinlov, deb hisoblamaydi. Yana bir masalada sal muammo kelib chiqishi mumkin, Manchesterdagi yorqin shaxslarni o‘zining qat’iy sxemasiga moslashtirishda. Ana shuni kuzatish qiziq, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!