Davron Fayziev APL translyatsiyasi haqida: Hali imkoniyat saqlanib turibdi

  • 5 avgust, 2022, 17:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugundan Angliya Premer ligasi start oladi. Biroq hozircha O‘zbekistonda qaysi telekanal musobaqani translyatsiyasi qilishi noma’lumligicha qolmoqda. Shu bois, taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev o‘z telegram kanalida bunga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

"Bir necha kundan beri Angliya chempionati translyatsiyasi masalasidagi savollar yog‘ilib kelmoqda. Birinchi navbatda aytib o‘tishim kerak, sharhlovchilar muxlislardanda intiqlik bilan buning ijobiy hal etilishini kutyapti. Chunki biz uchun bu shunchaki zavqli tomosha emas, ishimizning ajralmas qismi. Shuning uchun tomoshabinlar bizdan so‘ragandek, biz ham "UzReport" rahbariyatdan yangiliklarni doimiy so‘raymiz. Chempionatlar xaridi bo‘yicha ma’lumot faqat rahbariyatda, chunki moliyaviy tomoni bor va bu ko‘pincha tor doirada muhokama etiladi.

Bilishimcha, translyatsiya muzokaralari xamon davom etmoqda. Dastlabki tur namoyish etilmasa-da, umumiy mavsum ko‘rsatilish ehtimoli saqlanib turibdi. Ozgina kutishga to‘g‘ri keladi. Tushunaman, hamma ko‘rishni istayapti, biz - barchadan ko‘proq. Tegishli mas’ullar ish olib bormoqda. Hal bo‘lishiga umid va ishonch bor. Hozircha bilganim shu", — deydi Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!