David Luiz yana sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

  • 24 iyun, 2021, 22:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal"ning sobiq himoyachisi David Luiz PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Le10 Sport xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli braziliyalik futbolchini shaxsan klub prezidenti Nasir Al-Xelaifi jamoaga qaytarmoqchi. Biroq Parij klubi sport direktori Leonardo hamda bosh murabbiy Maurisio Pochettino Luizning qaytishidan hech qanday ma’no ko‘rishmayapti.

David Luiz 2014-2016 yillarda PSJ sharafini himoya qilgan. U hozirda erkin agent hisoblanadi.

Luiz o‘tgan mavsum “Arsenal” safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!