
David Luiz yana Frantsiyaga yo‘l olishi mumkin
"Arsenal" himoyachisi David Luiz yana Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin. 33 yoshli braziliyalik futbolchiga "Renn" qiziqib qolgan. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
O‘z navbatida, Luiz ham “kanonirlar” safidan ketishga tayyor. Boisi, o‘tgan mavsum chempionatda bronza medallarini qo‘lga kiritgan “Renn” yangi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydi. APLni 8-o‘rinda yakunlagan “Arsenal” esa evrokuboklarsiz qoldi.
David Luiz o‘tgan mavsum London klubi safida jami 43 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 8 mln evroga baholanmoqda.
Luiz uchun Frantsiya chempionati begona emas. Boisi u 2014-2016 yillarda PSJ safida to‘p surgan.
Fikrlar