David Luis faoliyatini qaysi jamoada yakunlashini aniq aytdi

  • 24 may, 2020, 10:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” himoyachisi David Luis faoliyatini 2007-2011 yillarda to‘p surgan jamoasi – “Benfika” safida yakunlamoqchi ekanini aytdi.

Tecno

“Men hamisha faoliyatimni “Benfika”da yakunlash niyatim borligini aytib kelganman. Futbolda hamma narsa o‘zgaradi. Bugungi haqiqat, ertaga yolg‘onga aylanishi mumkin. Lekin, mening fikrim o‘zgarmaydi. Men “Benfika”ni yaxshi ko‘raman. Orzuim – uning libosida “Eshtadiu da Lush”ga chiqib borish. Men shu maqsadda yashayapman”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Luisning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!