
David Goffin uch setda g‘olib bo‘ldi
Belgiyalik tennischi David Goffin "Rolan Garros" deb nom olgan tennis turnirida uchinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
U musobaqaning ikkinchi bosqichida serbiyalik Miomir Kechmanovichga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 6:2, 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Goffin Frantsiya ochiq chempionatining navbatdagi bosqichida ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar