Dastin Pore: "Aleks Perreyra revanshda Magomed Ankalaevni nokaut qilishi mumkin"
UFC sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Pore rossiyalik Magomed Ankalaev va braziliyalik Aleks Perreyra o‘rtasidagi revansh haqida gapirdi.
"Aleks bu bahsda autsayder hisoblanadi, ammo u istalgan vaqtda jang taqdirini o‘zgartirishga qodir. Rostini aytsam, bu safar Aleks ustun keladi, deb o‘ylayman. Uning maqsadi — titulni qayta qo‘lga kiritish va g‘alaba qozonish. U revanshga juda chanqoq. Menimcha, bu gal Pereyra texnik nokaut yoki toza nokaut bilan g‘alaba qozonadi", — dedi Pore "MMAJunkie" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz,mazkur to‘qnashuv 5 oktyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar