
Darren Till: "Israel Adesanya - o‘rta vazndagi haqiqiy buldozer edi"
UFC chempionligi uchun sobiq da’vogar Darren Till nigeriyalik Israel Adesanya haqida gapirdi.
"Adesanya o‘rta vaznda buldozer bo‘lgan. Hech kim uni mag‘lub eta olmagan. Bir paytlar u tom ma’noda engilmas edi. Israel Paulo Kostani shunchaki yo‘ldan olib tashlagan. Yoel Romeroni taslim qilgan. Robert Uittakerni qiynab tashlagan. Adesanya o‘z davrida dahshatli mashina edi. U o‘rta vazn toifasidagi eng zo‘rlardan biri, bunga shubha yo‘q. Bu maqom o‘zgarmaydi, hattoki u keyingi janglarida mag‘lub bo‘lsa ham” — deb yozdi Till ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Israel oxirgi jangida Nassuriddin Imavovdan 2-raundda nokautga uchradi.
Fikrlar