
Darhol penaltiga. Qo‘shimcha bo‘limlar bo‘lmaydi!
Italiya kubogi reglamentiga vaqtincha o‘zgartirish kiritildi.
Football-italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, musobaqaning qolgan uchrashuvlarida qo‘shimcha bo‘limlar bo‘lmaydi. Asosiy bo‘limlar durang bilan yakunlangan taqdirda, jamoalar darhol penaltilar seriyasiga o‘tishadi. Ammo, klublar uchrashuvda 5 tagacha o‘yinchi almashtirish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, hozir kubokning yarim final javob bahslari va finali qolgan. 12 iyun kuni “Yuventus” – “Milan” va 13 iyun kuni “Napoli” – “Inter” bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar