Daniel Korme UFC ning baholash tizimini tanqid qildi

  • 18 oktabr, 20:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Daniel Korme gruziyalik Merab Dvalishvili va amerikalik Kori Sendxagen o‘rtasidagi jangdan so‘ng promoushenning ochko hisoblash tizimini tanqid qildi.

Tecno

“Teykdaunlarni baholash tizimi noto‘g‘ri. Raqibni faqat ko‘tarib qo‘yish emas, balki erga tushirib, nazorat o‘rnatish kerak. Merabning 20 ta teykdauni yo‘q edi — 5 yoki 6 tasi haqiqiy, qolgan 14 holatda shunchaki parterga tortish xolos”, — dedi Korme "ESPN" ga bergan intervyusida. 

Eslatib o‘tamiz, Merab "UFC 320" turnirida Sendxagen ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!