Daniel Korme: "Jeyk Pol bokschi emas, deyishni to‘xtating!"
UFC shon-sharaf zali a’zosi Daniel Korme bokschi-bloger Jeyk Pol haqida gapirdi.
"Men odamlarga qayta-qayta aytyapman, ayniqsa MMA jangchilariga - Pol bokschi emas, deyishni to‘xtating! U besh yildan beri mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Shuningdek, Jeykning ajoyib murabbiylari va sparring sheriklari bor. Sport formasi ham ancha yaxshi", - dedi Korme Logan Polga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 20 dekabr kuni Mayamida (AQSh) Pol og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ringga ko‘tariladi.



Fikrlar