
Daniel Korme hamyurti Jon Jonsni qo‘llab-quvvatladi
Ikki vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni, hozirda Shon-shuhrat zali a’zosi amerikalik Daniel Korme og‘ir vazn toifasida (120 kg gacha) amaldagi UFC chempioni amerikalik Jon Jonsga qo‘yilgan ayblovlar haqida gapirdi. Jonsga hujum qilish va aloqaga to‘sqinlik qilish kabi ikkita noto‘g‘ri ayblovlar qo‘yilgan.
“To‘g‘risini aytsam, men buni hamma vaqt bema’nilik deb o‘ylardim. Menimcha, Jon Jons uyda bir necha ichimlik ichib o‘tirganida unga murojaat qilishgan. Bilaman, biz hammamiz Jonsni o‘tmishdagi muammolari uchun hukm qilishga shoshlyapmiz, lekin haqiqat shundaki, agar odam uyda bo‘lsa va ozgina ichimlik ichsa, nima bo‘ladi? Bu uning huquqidir. Agar narkologlar kelsa va u biroz mast yoki o‘zida bo‘lmasa, ehtimol o‘zaro aloqa boshqa holatlardagidek oson kechmagan bo‘lishi mumkin”, - dedi Korme.
Ma’lumot uchun, Jons ushbu xatti-harakatlari uchun bir yilgacha qamoq jazosi va 1500 dollar jarimaga tortilishi mumkin.
Fikrlar