
Dani Alvesh: Ronaldu Messidan ko‘ra yaxshiroq
Meksikaning "Pumas" klubi himoyachisi Dani Alvesh “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yaxshi do‘st ekanligi haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchining aytishicha, unga 37 yoshli portugaliyalik futbolchi PSJ hujumchisi Lionel Messidan ko‘ra yaxshiroq.
"Men Ronalduni juda hurmat qilaman. Ayni paytda biz "Barselona" va "Real"da emasmiz, shu bois, men bu haqda ayta olaman. U mehnat ortidan barcha narsaga erishish borasida barchamiz uchun ajoyib namunadir. Ronaldu hamma uchun o‘rnak bo‘la oladi. Men ham uni juda hurmat qilaman. Futbolchi sifatida men Messidan ko‘ra Krishtianuga yaxshiroq. Axir, Lionel tabiiy iste’dod. U futbol o‘ynash qobiliyati bilan tug‘ilgan. Ronaldu esa o‘z mehnatlari evaziga barchasiga erishgan", - deydi Dani Alvesh.
39 yoshli Alvesh va Ronaldu 2009 yildan 2016 yilgacha La Ligada raqib bo‘lgan, o‘shanda Dani "Barselona"da, Krishtianu esa "Real"da o‘ynagan.
Fikrlar