Dani Alves yana Gvardiola qo‘l ostida to‘p surishi mumkin

  • 19 may, 2019, 15:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bundan avvalroq PSJ klubi himoyachisi Dani Alves faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Le10SPort nashrining xabar berishicha 36 yoshli braziliyalik futbolchiga “Manchester Siti”dan qiziqishlar mavjud. Ta’kidlash kerakki, ayni paytda “shaharliklar”ni Alvesga yaxshi tanish bo‘lgan Xosep Gvardiola boshqarmoqda. Ular o‘z vaqtida “Barselona”da bir necha mavsum birga faoliyat olib borishganini ko‘pchilik muxlislar unutmagan bo‘lsalar kerak.

Eslatib o‘tamiz, Alvesning PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. U joriy mavsum 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!