
Dani Alves Messidan yuz o‘girdi
“Barselona” sharafini Lionel Messi bilan birga himoya qilgan Dani Alves Kataloniya klubining sobiq futbolchilaridan iborat o‘zining orzular jamoasini tuzib chiqdi. Braziliyalik futbolchi bu ro‘yxatga Lionel Messini kiritmagani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Dani Alvesga har bir pozitsiyaga bittadan jami to‘rtta futbolchini tanlash imkoni berildi. Tajribali himoyachi darvozaga Viktor Valdesni qo‘ydi. Himoyachi sifatida Karles Puyolni, maydon markaziga hozirgi bosh murabbiy Xavi Ernandesni, hujum chizig‘iga Samuel Eto'Oni qo‘ydi.
Ko‘pchilik Dani Alves afrikalik hujumchi o‘rnida Lionel Messini tilga olishini kutgandi, biroq uning tanlovi boshqacha bo‘ldi.
Dani Alvesning o‘zi besh yarim yillik tanaffusdan so‘ng, yana “Barselona”ga qaytgan va deyarli maoshsiz o‘ynashga rozilik bergan.
Fikrlar