
Dani Alves: "Bu mening oxirgi Jahon chempionatim edi. Tugatish vaqti keldi"
Braziliya terma jamoasining afsonaviy himoyachilaridan biri Dani Alves Xorvatiyaga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu mening oxirgi Jahon chempionatim edi. Termadagi faoliyatimni tugatish vaqti keldi, deb o‘ylayman.
Ammo Neymar haqida bunday demagan bo‘lardim. U ajoyib futbolchi. Braziliya u bilan hali ko‘p muvaffaqiyatlarga erishadi", - dedi Alves.
Ma’lumot o‘rnida, Braziliya terma jamoasi kecha mundial chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.
Fikrlar