
Dani Alves ayni vaqtdagi eng yaxshi uch qanot himoyachi nomini aytdi
"Barselona" klubi futbolchisi Dani Alves hozirgi vaqtning eng yaxshi uch qanot himoyachisi kim ekanini aytdi. Aytishicha, uchala futbolchi ham Alvesni qoyil qoldirgan.
"Men ko‘proq Trent Aleksandr-Arnoldning o‘yinlaridan lol qolaman. U jahon darajasidagi fantastik futbolchi.
Shuningdek, Ashraf Hakimi va Ris Jeymsning harakatlarini kuzatish ham menga zavq bag‘ishlaydi. Ularda tezlik va texnika yaxshi shakllangan.
Yuqorida sanab o‘tgan uch futbolchi ham o‘z uslubiga ega ajoyib futbolchilar. Ular o‘z ishini a’lo darajada uddalaydi", - dedi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar