
Dana Uayt endi boksga ham "aralashmoqchi"
UFC prezidenti Dana Uayt kelajakda boks sohasida ishlash niyati borligini ma’lum qildi. Bu haqda tez orada rasman e’lon qilinadi.
“Tez orada ba’zi muhim yangiliklar e’lon qilinadi. Agar siz meni yaxshi bilsangiz, men hech qachon qila olmaydigan narsam haqida gapirmasligimni bilasiz. Men hech qachon bunday gaplarni aytmaganman [boks rejalari haqida]. Biz uzoq vaqtdan beri boks bilan bog‘liq bir nechta loyihalarni muhokama qildik” - dedi Uayt Bloody Elbow portaliga bergan intervyusida.
Fikrlar