Dalich: "Ispaniya 900 ta pas amalga oshirdi va Marokashga mag‘lub bo‘ldi

  • 16 dekabr, 2022, 21:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyining fikricha, Ispaniya terma jamoasining taktikasi eskirgan. 

"Mening fikrimcha, tiki-taka tarixda qolgan. Ispaniya 900 ta pas amalga oshirdi va Marokashga mag‘lub bo‘ldi. Frantsiya qarshi hujum taktikasida o‘ynadi. 

Zich va sifatli himoya, tezkor o‘yinchilar va qarshi hujum - kelajak futboli shularga asoslanadi", - deya Dalichning so‘zlarini keltirdi. Evening Standart nashri jurnalisti Nizaar Kinsella. 

Ma’lumot uchun, ertaga 20:00da jahon chempionati bronza medali uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda Marokash hamda Xorvatiya terma jamoalari 3-o‘rin uchun kurash olib boradi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!