
Dahshat! Parij Olimpiadasi ishtirokchisiga o‘t qo‘yib yuborishdi (foto)
Frantsiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Rebekka Cheptegey og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.
Ugandalik atletning Keniyadagi uyida mudhish holat yuz berdi. Rebekkaning oshig‘i sportchi ustidan benzin quyib, uni yoqib yubordi. Rebekkaning tanasi 75 foiz kuydi. U zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi.
Sportchi ayolga hujum qilgan erkakning o‘zi ham kuyish jarohatini oldi. Qo‘ni-qo‘shnilarning aralashuvi tufayli Rebekkaning joni saqlab qolindi.
33 yoshli Cheptegey Parij Olimpiadasi marafonida qatnashib, marraga 44-o‘rinda bosib o‘tgan edi.
Fikrlar