
Dahshat! Neymar 6 haftaga safdan chiqdi
Neymar Elit OChLning 4-turida "Istiqlol"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, jarohat olgandi. Uning qanchaga safdan chiqqani aniq bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 6 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi. U katta ehtimol bilan, 2024 yil so‘nggida, yokida kelasi yil boshida maydonga qaytishi mumkin. Neymar bundan oldin 2023 yilning noyabrida jarohat olgandi.
32 yoshli vinger bilan riyodliklar shartnomani bekor qilish haqida o‘ylayotgani haqida mish-mishlar chiqmoqda.
Fikrlar