
Dahshat: Etti futbolchi halok bo‘ldi, yana beshtasi og‘ir ahvolda
Zambiya futbolida noxush voqea yuz berdi. Mahallik “Chavuma Taun Kaunsil” jamoasining 12 nafar futbolchisi dahshatli avtohalokatga uchradi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, avariya oqibatida etti nafar futbolchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Yana besh nafari zudlik bilan mamlakat poytaxti Lumaku shahridagi shifoxonaga evakuatsiya qilindi. Ma’lumotlarga qaraganda, uchinchi divizionda ishtirok etayotgan jamoa safar uchrashuviga chiqqanida halokatga yo‘liqqan.
Afrik futbol konfederatsiyasi (CAF) prezidenti, voqeaga munosabat bildirib, jarohatlanganlarning tezroq tuzalib, maydonga qaytashidan umidvor ekanini ma’lum qilgan.
Fikrlar
Xudo xammamizni panohida asrasin
Utganlar ruhi shod bulsin