
"D" guruhidan o‘rin olgan o‘yinda sensatsion natija qayd etildi
Futzal bo‘yicha Quvaytdagi Osiyo Kubogi davom etmoqda. Biroz avval "D" guruhi 1-turidan o‘rin olgan Yaponiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda kutilmaganda yaponiyaliklar 2:1 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, ushbu guruhdan o‘rin olgan Vetnam - Janubiy Koreya uchrashuvi birozdan so‘ng aniqrog‘i 16:00da start oladi.
Fikrlar