
Coca Cola Superliga. Bugun qanday o‘yinlar bor?
Bugun Coca Cola Superligasida 16-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Kun doirasidan ikki o‘yin o‘rin olgan bo‘lib, ularning dastlabkisi 17:00 da start oladi. Ulug‘bek Baqoev boshqaruvidagi "So‘g‘diyona" jamoasi o‘z maydonida Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi "Qo‘qon-1912"ga qarshi bahs olib boradi.
18:00 da esa "Nasaf" hamda "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi voha derbisi boshlanadi. Saytimizda ushbu uchrashuvlardan onlayn matnli transltsiyalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar