Chungvon Choy: Ishonchim komilki taekvondo mavsumining yakuni fantastik tarzda o‘tkaziladi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 6-7 dekabr kunlari Rossiyada taekvondo bo‘yicha "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

"Moskva shahriga qaytishdan xursandmiz. Bu erda Grand Prix Final musobaqasi va Gala Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ishonchim komilki 2019 yilgi taekvondo mavsumining yakuni fantastik tarzda o‘tkaziladi. Sababi ushbu musobaqada 2020 yil Tokioda o‘tadigan Olimpiadadan oldingi so‘nggi reyting ochkolarini ishlab olish imkoniyati mavjud. Mana shu qo‘shimcha motivatsiya tufayli sportchilarimiz sport saroyiga kelgan minglab muxlislar uchun ajoyib shou namoyish etib berishadi deb o‘ylayman", - deydi Butunjahon taekvondo Federatsiyasi rahbari Chungvon Choy.

Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik ikki nafar taekvondochi Nikita Rafalovich va Nigora Tursunqulova ishtirok etadi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!