
ChL. "Bavariya" o‘z uyida "Chelsi"ni engdi
UEFA Chempionlar ligasining ilk turida Vensan Kompani boshqaruvidagi "Bavariya" o‘z uyida Londonning "Chelsi" klubini qabul qilib, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab, to‘qnashuvning 20-daqiqasida Chalobax o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, avtogol muallifi bo‘ldi. Shundan so‘ng esa 27-daqiqada Xarri Keyn 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Koul Palmer oradagi farqni qisqartirgan edi. Biroq, ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida angliyalik forvard dublni rasmiylashtirgan holda, germaniyaliklarning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Shuningdek, Palmer ham o‘yin yakunlanayotganda dubl muallifi bo‘lgan edi. Lekin gol keyinchalik bekor qilindi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage

Bavariya
- Trevoh Chalobah 20'
- Harry Kane 27'
- Harry Kane 63'
Tugadi
3
:
1
18.09.2025 00:00

Chelsi
- Cole Palmer 29'
Fikrlar