BEPUL PROPAN

Avval xabar berganimizdek, 6-10 fevral kunlari Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida voleybol bo‘yicha 14 yoshgacha va undan kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

6 fevral kuni boshlangan mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri barcha viloyatlardan 14 ta jamoa chempionlik kurash olib borishdi. Ushbu kubok bahslarining finaliga qadar Qashqadaryo, Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyati jamoalari etib kelishdi. 10 fevral kuni final uchun bo‘lgan bellashuvlarda Toshkent viloyati sportchilari Sirdaryo jamoasini mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan bo‘lsa, andijonlik voleybolchilar Qashqadaryo jamoasidan ustun kelgan holda finalda mezbonlarga raqiblik qiladigan bo‘lishdi.

Uchinchi o‘rin uchun kegan musobaqada Qashqadaryo viloyatining asosan Ko‘kdala tumanidan tashkil topgan jamoasi sirdaryoliklarni 2:0 hisobi bilan ortda qoldirib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga erishdi. Final bellashuvlarida o‘zaro to‘qnash kelgan Andijon va Toshkent viloyati jamoalari o‘rtasidagi o‘yin shiddatli va keskin qarama-qarshiliklarga boy bo‘ldi.

Yakunda esa andijonlik yosh voleybolchilar 2:1 natijasi bilan birinchi o‘rinni egallashdi va O‘zbekiston kubogi sohiblariga aylanishdi. Mezbonlardan iborat jamoa o‘z-o‘zidan ikkinchi o‘rinni band etib, kumush medallarga ega chiqishdi. Musobaqa yakunlangach, tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziev, O‘zDJTSU birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, Toshkent viloyati voleybol federatsiyasi ijrochi direktori Davron Xalikovlar g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom, medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirishdi.


Ta’kidlash joiz, g‘olib jamoa endi joriy yilda Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkaziladigan Hamdo‘stlik kubogida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

rkerk

iaiv

tpr

ptapv

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
11/02/2024 20:06
Ўзбекистонда футболдан ташқари спорт ўйинлари ноль