
Chirchiqda og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
Bugun Chirchiqdagi O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining manejida og‘ir atletika bo‘yicha mamlakat chempionati start oldi. Kattalar o‘rtasida tashkil qilingan mazkur musobaqada 300dan ortiq polvonlar o‘z mahoratini namoyish etadi.
An’anaga muvofiq, bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. Shuningdek, marosimda 8-15 mart kunlari AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi JCh g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlanishdi.
Mazkur O‘zbekiston chempionati 2 aprel kuniga qadar davom etadi. Unda muxlislar Rustam Jangaboev, Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev, Akbar Jo‘raev, Kumushxon Fayzullaeva kabi ko‘plab jahon va Osiyo chempionati sovrindorlarining chiqishlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Fikrlar