Chim ustida xokkey bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati davom etmoqda
Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa jadvalidan o‘rin olgan bugungi bahslarda yurtdoshlarimiz g‘oliblik uchun bellashdi.
Dastlab, Qozog‘iston ayollar jamoasiga qarshi o‘yinni o‘tkazgan sportchilarimiz 3-0 hisobida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Gong Kong (Xitoy) erkaklar jamoasiga qarshi maydonga tushgan yigitlarimiz 3-2 hisobida yurtimiz hisobiga yana bir g‘alabani yozib qo‘yishdi.
17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan final bahslarida ayollar jamoamiz Indoneziya jamoasiga qarshi maydonga tushsa, yigitlarimiz Qozog‘iston jamoasi bilan bellashadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar