Cherchesov Ispaniya (JCh-2018) ustidan qozonilgan tarixiy g‘alabani yodga oldi

  • 3 may, 13:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov 2018 yilgi Jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan qanday muhit bo‘lganini esga oldi.

Tecno

"Nimaga ekanligini bilmayman, lekin aynan Ispaniya bilan o‘yin oldidan Gus Xiddinkni jamoaga taklif qildim. Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan emas, balki aynan ispanlarga qarshi.

Men faqat so‘ray olaman. Albatta, u rad etmadi, mamnuniyat bilan keldi. Ko‘plar men uning so‘zlarini tarjima qilayotganimni ko‘rsatdi. Bolalar biroz bo‘shashib qolishdi – go‘yoki ertaga o‘yin bor, lekin xazillar, kulgular ketyapti.

Hatto o‘sha payt aytdim: "Gus, etar, ispanlar bilan etarlicha o‘ynadik. Endi o‘zlariga o‘ynashga imkoniyat beramiz, biz esa ularga xalaqit beramiz". Xalaqit berdik – va yutib chiqdik. Chunki ispanlar bilan futbol o‘ynayman desang – bu har qanday jamoa uchun og‘ir" – dedi Cherchesov dash na Okko Sport dasturiga bergan intervyusi davomida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!