Chempionlikdan so‘ng Alisher Odilov nimalar dedi?
Superliganing 29-turida “Neftchi” o‘z maydonida “Qizilqum”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Mazkur bahsda dubl muallifi bo‘lgan Alisher Odilov uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Assalomu alaykum hammaga. Bugungi g‘alaba bilan butun Farg‘onani tabriklayman. O‘yindan oldin jamoa ichidagi muhit a’lo darajada edi. Bu bahsda xato qilishga haqqimiz yo‘q edi. Xudoga shukr, g‘alaba qozonib, 24 yildan so‘ng chempion bo‘ldik.
Bosim juda yuqori edi — butun vodiy bizni qo‘llab-quvvatladi. Jamoa bilan maydonga o‘yinning boshidan oxirigacha kurashamiz degan niyat bilan chiqqanmiz. “Qizilqum” kuchli pressing qilgani uchun o‘yin og‘ir bo‘lishini bilardik.
Birinchi davrada “Neftchi”ning biroz omadi kelmadi, ammo ikkinchi bo‘limda hakam o‘yinga juda qattiq e’tibor qaratdi. Natijada chempionlikni qo‘lga kiritdik", — dedi futbolchi.



Fikrlar