Chempionlik tatimaydi. “Inter” rahbari futbolchilarga maosh bermayapti!

  • 11 may, 2021, 13:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, “Yuventus” gegemonligini sindirib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Biroq, joriy mavsumda  g‘alaba uchun borini berib o‘ynagan futbolchilar mukofot olish o‘rniga maoshidan voz kechishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub prezidenti Stiven Chjan jamoa o‘yinchilari bilan uchrashib, ulardan ikki oylik maoshidan voz kechishini so‘ragan. Bunga koronavirus pandemiyasi tufayli klubda iqtisodiy inqiroz yuzaga kelgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Futbolchilar bu masalani individual tarzda hal qiladigan bo‘ldi. Yaqin orada ularning barchasi klub xo‘jayinlari bilan alohida uchrashib, maoshdan voz kechish masalasini muhokama qiladi.

“Inter” o‘z tarixida 19-marotaba A Seriya chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!