
Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi oldidan jamoalar qaysi savatchalardan joy olishi ma’lum bo‘ldi
Chempionlar ligasining 2021/22 yilgi mavsumi yakunlanishi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari faollashdi. Jumladan, guruh bosqichiga qur’a tashlash uchun jamoalar qaysi savatchalardan joy olishi deyarli ma’lum bo‘ldi.
Hozirch uchinchi va to‘rtinchi savatchalarda qisman noaniqlik bor xolos.
1-savatcha: "Real" (Ispaniya), "Ayntraxt" (Germaniya), "Manchester Siti" (Angliya), "Milan" (Italiya), "Bavariya" (Germaniya), PSJ (Frantsiya), "Portu" (Portugaliya), "Ayaks" (Niderlandiya).
2-savatcha: "Liverpul", "Chelsi", "Tottenxem" (barchasi - Angliya), "Barselona", "Atletiko", "Sevilya" (barchasi - Ispaniya), "Yuventus" (Italiya), "RB Leyptsig" (Germaniya).
3-savatcha: "Borussiya" (Dortmund, Germaniya), "Red Bull Zaltsburg" (Avstriya), "Shaxtyor" (Ukraina), "Inter", "Napoli" (ikkalasi - Italiya), "Sporting" (Portugaliya), "Bayer" (Germaniya).
4-savatcha: "Bryugge" (Belgiya), "Seltik" (Shotlandiya).
"Marsel" (Frantsiya) 3- yoki 4-savatchadan joy oladi.
Fikrlar