
Chempionlar ligasiga chiqqan "Aston Villa" Arauxoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Aston Villa" jamoasi kelasi mavsum uchun Evropa chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Shu tufayli klub tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishni maqsad qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, birmingemliklar "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo uchun talab qilingan pulni to‘lashga tayyor. Ammo urugvaylik futbolchi Kataloniyadan ketmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldga Myunxenning "Bavariya" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar