Chempionlar ligasiga chiqolmadingizmi, meni bezovta qilmang!

  • 4 iyun, 2023, 09:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

L'Equipe nashrining yozishicha, Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi hujumchisi Marks Tyuram “Chelsi”ga o‘tishdan bosh tortdi.

Tecno

25 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubda to‘p tepmoqchi. Ma’lumki, “Chelsi” uchun mavsum omadsiz bo‘ldi va “aristokratlar” xalqaro musobaqalar yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Chelsi” rahbariyati Markus Tyuramni kelasi mavsum asosiy hujumchi sifatida o‘ynatmoqchi edi.

Markus Tyuram joriy mavsumda barcha turnirlarda 32 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.

Uning “Borussiya” bilan shartnomasi yakunlanmoqda. Mutaxassislar iste’dodli hujumchi Chempionlar ligasida qatnashadigan klublardan biri bilan shartnoma tuzishini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!