
Chempionlar ligasida qaysi jamoa g‘olib chiqishi aytildi. U “Real” emas!
Goal axborot portali Evropa Chempionlar ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlanganidan keyin bosh sovringa da’vogar jamoalar reytingini tuzib chiqdi.
Portal ekspertlarining fikriga ko‘ra, bu mavsum musobaqada “Barselona”ning g‘olib chiqish imkoniyati katta. Amaldagi chempion “Real” esa, ikkinchi nomzod sifatida qayd etilgan.
Umumiy reyting quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi.
“Barselona”.
“Real Madrid”.
“Liverpul”.
“Inter”.
“Bayer”.
“Atletiko Madrid”.
“Bavariya”.
“Pari Sen-Jerman”.
“Arsenal”.
“Aston Villa”.
Musobaqaning 1/8 finalida “Barselona” futbolchilari “Benfika” bilan o‘ynaydi. “Real” Madrid derbiyasida “Atletiko” bilan kuch sinashadi. Yana bir dahshatli to‘qnashuv “Liverpul” va PSJ o‘rtasida bo‘ladi.
Nimchorak finalning dastlabki uchrashuvlari 4-5 mart, javob o‘yinlari 11-12 mart kunlari tashkil etiladi.
Fikrlar